Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, departament hamda IIB Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.O. Sharof Rashidov tumani “Tinchlik” MFY hududidagi o`ziga tegishli 6 sotix hamda 50 sotix zaxiradagi er maydonini fuqaro M.M.ga 245 mln so`mga sotishga kelishib, oldindan 145 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. Boyovut tumani “Yangiobod” MFYdan tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan 50 sotix er maydonini fuqaro X.A.ga turar joy qurishi uchun 140 mln so`mga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 12 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.A. “R.” bog`dorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 24 sotix er maydonini fuqaro Sh.A.ga o`ziniki ekanligini aytib, er maydonini 8 000 AQSh dollarga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
25.01.2023 10:10
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida er maydonlari savdosi bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi






