AsosiyJamiyat

⚡️ Hukumatga bo`ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi. Qancha shtat qisqartirilgani ma`lum bo`ldi

'⚡️ Hukumatga bo`ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi. Qancha shtat qisqartirilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ma`muriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo`lga qo`yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni imzolandi. 

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablag`laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).  

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o`rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo`shamoqda.

Hukumatga bo`ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qo`mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

➖vazirliklar – 21 ta;

➖qo`mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;

➖agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;

➖inspeksiyalar – 11 ta.

 

    Boshqa yangiliklar