Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga to`xtalib o`tildi.
–Hokimlar bu mablag`larni qaytarishni o`ylamasa, oilaviy tadbirkorlik qaerdan bo`ladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning o`ziga beriladi-ku, – dedi Prezident.
Mutasaddilarga ushbu masalani qat`iy nazoratga olish topshirildi.
Shuningdek, bandlik vaziriga yangi vazirlikka byudjetdan ajratilgan 1,5 trillion so`mni avvalo eng og`ir mahallalarda kambag`allikni qisqartirishga yo`naltirish bo`yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Bosh vazir o`rinbosariga, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi bo`yicha og`ir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qo`yildi.






