AsosiyJamiyat

Prezident tadbirkorlik sub`ektlarini ko`paytirish bo`yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini ta`kidladi

'Prezident tadbirkorlik sub`ektlarini ko`paytirish bo`yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini ta`kidladi'ning rasmi

Prezidentimiz tadbirkorlik sub`ektlarini ko`paytirish bo`yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini qayd etdi.

Masalan, o`tgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toshkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021 yilga nisbatan 30-40 foizga kamaygan.

Eng og`ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorako`l, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, Prezident ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini ko`rsatib o`tdi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni o`rganib, ularning har biri bo`yicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar