AsosiyDunyo

AQSh M1 Abrams batalonini Ukrainaga beradi

'AQSh M1 Abrams batalonini Ukrainaga beradi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden shu hafta Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan M1 Abrams tanklarini etkazib berishini e`lon qiladi. 

Ma`lum qilinishicha, Abrams tanklari bataloni - bu 30 dan 50 tagacha jangovar texnikaga to`g`ri keladi. AQSh armiyasining tank bataloni 44 ta og`ir zirhli texnikadan iborat.

O`tgan seshanba kuni The Wall Street Journal AQSh ma`muriyati M1 Abramsning "sezilarli" miqdorini Ukrainaga o`tkazish tarafdori ekanligi haqida xabar berdi. a`kidlanishicha, Vashingtonning bu qadami Berlin bilan kelishuvning bir qismi bo`lib, unda Kievga Germaniyada ishlab chiqarilgan oz sonli Leopard 2 tanklarini taqdim etish, shuningdek, ushbu tanklar bilan Polsha va ular arsenalida bo`lgan boshqa NATO mamlakatlarini ta`minlash ko`zda tutilgan. 

The Wall Street Journal nashri ortidan Amerikaning Politico nashri Qo`shma Shtatlar Kiev rejimiga harbiy yordam sifatida kamida 30 ta Abrams yuborishi mumkinligini xabar qildi.

Avvalroq Germaniyaning Der Spiegel nashri Germaniya ko`p oylik muhokamalardan so`ng Ukrainaga  Leopard 2 tanklarini etkazib berishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar