AsosiyJamiyat

Prezident Qirg`izistonga jo`nab ketdi

'Prezident Qirg`izistonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26 yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.

Oliy darajadagi muzokaralarda do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro savdoni ko`paytirish, sanoat kooperasiyasini qo`llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plami qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar