Biroz avval, Prezident Qirg`izistonga jo`nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Qirg`izistonga davlat tashrifi bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Ata-Beyit" milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag`ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo`yishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, Prezident yozuvchi Chingiz Aytmatovning qabrini ham ziyorat qiladi.






