AsosiyJamiyat

Energetika vaziri “Gazprom” bilan imzolangan “yo`l xaritasi” bo`yicha izoh berdi (video)

'Energetika vaziri “Gazprom” bilan imzolangan “yo`l xaritasi” bo`yicha izoh berdi (video)'ning rasmi

Ayni paytda Bishkekda o`tkazilayotgan Qirg`iziston-O`zbekiston biznes forumi davomida energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan “yo`l xaritasi” bo`yicha jurnalistlar savoliga javob berdi. 

“Bu Rossiyadan tabiiy gazni import qilish bo`yicha chora-tadbirlarni ko`zda tutuvchi yo`l xaritasi hisoblanadi. Ya`ni texnik shartlarni o`rganamiz, keyin texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, tijoriy narxlar bo`yicha kelishsak, Rossiyadan gaz import qilish ko`zda tutiladi”, degan Mirzamahmudov.
Shuningdek, u jurnalistning Rossiyadan import qilinadigan gaz qaysi yo`nalishlarga yo`naltirilishi haqidagi savoliga vazir “gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste`molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatamiz.

Kecha jurnalistlarga tushuntirish berdik, asosiy mazmunini ham ko`rsatdik, u erda umuman gaz transport tizimini xususiylashtirish yoki boshqaruvga berish degan gap yo`q. Avval ham, masalan, Turkmanistondan Xitoyga ketadigan gazni aytganman, O`zbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Qozog`iston hududida koordinasion qo`mita bor, texnik imkoniyatlarning hammasini birgalikda o`rganib chiqadi”, deya ta`kidlagan Energetika vaziri.

    Boshqa yangiliklar