O`zbekistonda Uzcard va Humo to`lov tizimlarining bankomatlarini integrasiya qilinishi mumkin. Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumani davomida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma`lum qildi.
Natijada endi Respublikaning barcha hududlarida, HUMO bankomatlaridan UzCard kartalari orqali, UzCard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul echish imkoni paydo bo`ladi.
Uning aytishicha, bankomatlarni integrasiya qilish ishlari 2023 yil may oyigacha yakunlanishi mumkin.