AsosiyJamiyat

Talabalar uchun yangi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi

'Talabalar uchun yangi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi'ning rasmi

Tarix va geografiya yo`nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot”  kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 yanvar kuni “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to`g`risida” i Prezident qarori qabul qilingan.

Qarorga ko`ra, “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o`rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o`tkaziladi. “Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ`ibot dasturi amalga oshiriladi.

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag`ishlab suratga olinayotgan “Yo`lbarsning tug`ilishi” badiiy filmini yakuniga etkazish choralari ko`riladi.

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

- o`zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”Ning to`ldirilgan uchinchi nashri;

- “Bobur” kitob-albomi;

- Bobur asarlari lug`ati;

- Bobur devonining mukammal nashri.

2023/2024 o`quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo`nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o`zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar