Ispaniya chempionati 5-turida "Real Madrid" jamoasi o`z maydonida "Vilyarreal" futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan o`yinda 1:1 hisobida qayd etildi va "Real" mavsumda birinchi marta ochko yo`qotdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Bruno Soriano penaltidan hisobni ochib mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 48-daqiqada Serxio Ramos muvozanatni tikladi. O`yin 1:1 hisobida yakun topdi.
"Real" — "Vilyarreal" 1:1
Gollar: Ramos, 48 — B. Soriano, 45+1 (pen)
"Real": Kasilya — Danilo, Ramos, Varan, Marselo (Karvaxal, 45) — Kroos, Kovachich, Djeyms — Beyl (Vaskes, 71), Benzema (Morata, 77), Ronaldo
"Vilyarreal": Asenxo — Gaspar, Musakko, V. Ruis, X. Anxel — B. Soriano, Trigeros — dos Santos (Ndiaye, 88), Kastilexo, Cherishev (R. Soriano, 64) — Sansone (Pato, 73)
Ogohlantirishlar: Ramos, Ronaldu — Anxel





