AsosiyDunyo

Dubayda birinchi marta 3D bosma masjid quriladi

'Dubayda birinchi marta 3D bosma masjid quriladi'ning rasmi

Amirlikning eng qadimiy mahallalaridan biri Bur Dubayda dunyodagi birinchi 3D bosma masjid quriladi. Bu haqda Dubayning Islomiy ishlar va xayriya boshqarmasi ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, boshqarma masjid qurilish ishlarini joriy yilning oktabr oyida boshlab, 2025 yilning birinchi choragida yakunlashni rejalashtirgan.

Masjid 2000 kvadrat metrni tashkil etib, 600 nafar namozxonni sig`dira olishi aytilmoqda.

Shuningdek, uning konstruksiyasiga 3D bosib chiqarishning o`zi uchun taxminan to`rt oy kerak bo`ladi. Tegishli jihozlar bilan to`liq jihozlash uchun esa yana 12 oy vaqt ketadi.

Bunda soatiga ikki kvadrat metr 3D bosib chiqarilishi uchun 3 ta xodim robot printerlar bilan ishlaydi. Masjidni qurish uchun xom ashyo va puxta tayyorlangan betondan foydalaniladi.

Shuningdek, masjidni qurish narxi odatdagidan 30 foizga qimmatroq bo`lishi mumkin. Sababi u dunyodagi birinchi bunday turdagi masjid bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar