1

Surxondaryoda o`qituvchi hamkasbining karta raqamidan pul o`g`irlab, onlayn-qimorga tikib yubordi

Jamiyat 27.01.2023, 07:50
Surxondaryoda o`qituvchi hamkasbining karta raqamidan pul o`g`irlab, onlayn-qimorga tikib yubordi

Surxondaryo viloyatining Qumqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi, maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi A.V. (1978 y.t.) o`zining bank kartasidagi 1 545 000 so`m pul noma`lum shaxs tomonidan echib olinganidan arz qilib IIBga murojaat qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi R.A. (1988 y.t.) sodir etgani aniqlandi.

R.A. jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi ma`lumotlari va SMS-xabarnomasini qo`lga kiritish orqali to`lov tizimlaridan foydalanib, barcha pullarni «1xBet» onlayn-qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinga yutqazib qo`ygani ma`lum bo`ldi.

R.A.ga nisbatan O`zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1