1

"Tashkent Indeks" dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — Vazirlik

Jamiyat 27.01.2023, 08:44
"Tashkent Indeks" dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — Vazirlik

“Tashkent Indeks”dan talabalar o`z xohishiga ko`ra, ko`chirilmoqda, ammo ular majburan ko`chirilmagan, deya xabar bermoqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati. 

Vazirlikka ko`ra, joriy o`quv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan.

O`tgan davr mobaynida aksariyat oliy ta`lim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qo`shimcha yotoq o`rinlari yaratilib, ko`chish istagini bildirgan talabalar ko`chirib o`tkazilgan. 

Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua etarli sharoitga ega emasligi bois, ko`chirish ishlari oliy o`quv yurtlari talabalar turar joylarida ko`proq qo`shimcha bo`sh o`rinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.

Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yo`l qo`yilmaydi”, deyiladi munosabatda. 

Ma`lumot o`rnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq o`rni tashkil etish hisobiga qo`shimcha 139 o`rinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 o`rinli joy yaratilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 o`ringa mo`ljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1