1

Navoiyda yoshlar etakchisi o`z joniga qasd qildi

Jamiyat 27.01.2023, 09:27
Navoiyda yoshlar etakchisi o`z joniga qasd qildi

Joriy yilning 26 yanvar kuni Qiziltepa tumani “Sheyxon” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan "Yoshlar etakchisi nega o`zini osib qo`ydi” nomli maqola tarqatildi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 19 oktyabr kuni Qiziltepa tumani “Sheyxon” mahallasida Yoshlar etakchisi vazifasida ishlab kelgan 1989 yilda tug`ilgan K.Z. o`z yashash xonadonida o`z joniga qasd qilib vafot etgan.

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko`zdan kechirilgan va K.Z.ga tegishli 1 dona shaxsiy uyali telefon hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limi tomonidan xizmatda foydalanish uchun berilgan 1 dona “Samsung” rusumli planshet va ishga aloqador boshqa ashyolar tekshirib ko`rish uchun prosessual tartibda olingan.

Ushbu holat yuzasidan Qiziltepa tuman prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida marhumaning onasi S.R. va ishga aloqador shaxslarning barcha vajlari tekshirilgan va natijasiga ko`ra K.Z.ning o`z joniga qasd qilib vafot etganligi holatida “Sheyxon” mahallasi xodimlari va boshqalarning harakatida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atish rad qilingan.

Tekshirish natijasiga ko`ra voqea joyidan olingan uyali aloqa vositalari K.Z.ning onasi S.R.ga tilxat asosida topshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1