Bishkekda O`zbekiston va Qirg`iziston prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar boshlandi. Qirg`iz prezidenti qirg`iz-o`zbek chegarasi xuchusida so`z yuritdi.
"Qirg`iziston qardosh O`zbekiston bilan yaxshi qo`shnichilik ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratadi. Biz uchun O`zbekiston haqiqiy do`st va ishonchli strategik sherikdir. An`anaga ko`ra, uchrashuv ochiq va do`stona ruhda o`tadi. Mamlakatlarimiz o`rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo`q.
Ikki mamlakat o`rtasida parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib, ular davlatlararo munosabatlarda muhim o`rin tutadi.
Bugun biz qirg`iz-o`zbek chegarasini delimitasiya qilishni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va o`zaro maqbul echimlarni izlashga tayyorligimizni namoyish etdik. Ishonchim komilki, chegaralar masalasiga chek qo`yib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qo`yamiz", - dedi Japarov.
Ushbu jarayonda O`zbekiston prezidentining hissasi alohida qayd etildi.
"Muhtaram, Shavkat Miromonovich, qirg`iz-o`zbek chegarasini delimitasiya qilish bo`yicha muhim masalalarni hal etishda Sizning beqiyos hissangiz borligini qayd etmoqchiman.
Davlat tashrifi doirasida shartnomani ratifikasiya yorliqlarini almashish orqali bunday muhim voqea ta`minlanishi alohida e`tiborga molik. Shuningdek, Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasida har tomonlama strategik sheriklik to`g`risidagi deklarasiyani imzolaymiz va shu orqali munosabatlarimizni misli ko`rilmagan darajaga olib chiqamiz", - dedi Japarov