Turkmaniston Prezidenti, mamlakat Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo`mondoni Serdar Berdimuhamedovga armiya generali harbiy unvoni berildi. Turkmaniston parlamentining tegishli qarori "Neytral Turkmaniston" hukumat gazetasida e`lon qilindi.
Parlament qarorida qayd etilishicha, bu qaror "Turkmaniston Konstitusiyasining 81-moddasiga muvofiq" qabul qilingan.
27 yanvar kuni Turkmanistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi.
Ma`lumot uchun:
Turkmanistonning sobiq prezidenti, Gurbanguli Berdimuhamedov ham armiya generali harbiy unvoniga ega.
27.01.2023 16:57
Serdar Berdimuhamedov armiya generali bo`ldi
