AsosiyJamiyat

"Human.uz" sayti rahbari va xodimlari ofisdan olib ketildi

'"Human.uz" sayti rahbari va xodimlari ofisdan olib ketildi'ning rasmi

Bugun, 27 yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurshid Daliev, sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boshqa xodimlari — jami etti kishi nashrning Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashgan ofisidan olib ketilgan. Bu haqda saytning telegramdagi kanilda xabar qilindi

Ma`lum qilinishicha, noma`lum “organ xodimlari” tomonidan ofisdagi eshiklar buzib kirilgan va barcha ma`lumotlar, qurilmalar tintuv qilingan. 

"Tahririyat ushbu holatni O`zbekiston Prezidenti siyosatiga mutlaqo zid va so`z erkinligiga tahdid deb hisoblaydi", deyiladi rasmiy telgarm kanalida. 

Bir muddat o`tib, sayt ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani bo`limi surishtiruvchisi E. Ablamurodov imzosi bilan muhrlangani ma`lum qilindi.

Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasi tayanib xabar qilishicha, sayt mas`ullariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va sayt mas`ullaridan tashqari davlat tashkilotlarida ishlovchi boshqa shaxslar ham prosessual tartibda ushlangan.

Ayni paytda Respublikadagi biror rasmiy idora tomonidan holat bo`yicha biror rasmiy munosabat bildirilmadi. Faqat Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vaziyatdan xavotirdaligini bildirgan.

"Huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala bo`yicha izoh berilishini kutamiz hamda jurnalistlar xavfsizligi, shunindek, ularning professional faoliyatiga qonuniy munosabatda bo`linishi ta`minlanishini so`raymiz", - deyiladi fond munosabatida.

Ayni paytga qadar olib ketilganlarning hech biri bilan aloqaga chiqishning iloji bo`lmayapti.  

 

    Boshqa yangiliklar