Qoraqalpog`iston Respublikasining Xo`jayli tumanidagi oshxonada chaqnash sodir bo`ldi.
Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, hodisa 25 yanvar kuni Xo`jayli tumani davlat Soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada sodir bo`lgan.
Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro olgan tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ikki fuqaro esa tan jarohati olib, Xo`jayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






