Davlat xavfsizlik xizmati qo`lga olingan Human.uz nashri rahbariyati bilan bog`liq ish yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi. E`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalar Kompromatuzb Telegram-kanali hamda boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli qo`lgan olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va xozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida prosess ishtirokchilari advokat bilan ta`minlangan. Tergov jarayonlarini olib borishda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari ta`minlanishi kafolatlanadi.
Qo`shimcha qilinishicha, jarayon bilan bog`liq ma`lumotlar doimiy ravishda e`lon qilinib boriladi.






