AsosiyDunyo

Ozarbayjon Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni terakt deb baholadi. Diplomatik missiya xodimlari evakuasiya qilinadi

'Ozarbayjon Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni terakt deb baholadi. Diplomatik missiya xodimlari evakuasiya qilinadi'ning rasmi

Avvalroq, Ozarbayjonning Tehrondagi Elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. 

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Ozarbayjon o`zining Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumdan so`ng diplomatik missiya xodimlarini evakuasiya qiladi. 

Hujum natijasida xavfsizlik xizmati rahbari o`ldirilgan. Ozarbayjon prezidenti hujumni terakt deb atadi  va aybdorlarni jazolashni talab qildi.

Hujum qilgan shaxs qo`lga olingan, motiv sifatida u shaxsiy va oilaviy muammolarini ko`rsatgan. Shu bilan birga, Eron TIV hujumni keskin qoralab, ish zudlik bilan va juda puxtalik bilan tekshirilayotganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar