AsosiyJamiyat

Farg`onada elektr ta`minoti korxonasi ustasi davlat byudjetiga 33,8 mln so`m zarar etkaz

'Farg`onada elektr ta`minoti korxonasi ustasi davlat byudjetiga 33,8 mln so`m zarar etkaz'ning rasmi

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Dang`ara tuman bo`limi tomonidan tuman elektr ta`minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman elektr ta`minoti korxonasi “Oqjar” bo`limi ustasi M.M. “Q.P.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi R.E. bilan o`zaro til biriktirib, korxonaning parrandachilik fermasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga hech qanday shartnoma hujjatlarisiz o`zboshimchalik bilan ulab berganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 33,8 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar