1

Koronavirusga qarshi vaksinalar bo`yicha yangi platforma ishga tushdi

Salomatlik 28.01.2023, 21:30
Koronavirusga qarshi vaksinalar bo`yicha yangi platforma ishga tushdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Evropa Ittifoqining moliyaviy ko`magida SOVID-19ga qarshi vaksinalar bo`yicha yangi platforma yaratdi.

Mamlakatimiz Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko`ra,  mazkur veb-resursda mavzuga doir 135 ta savolga batafsil javoblar, video va audio materiallar mavjud.

Sayt tibbiyot mutaxassislari va keng aholi qatlamiga mo`ljallangan va undan istalgan kishi bepul foydalana oladi. Hozircha ma`lumotlar bilan ingliz, rus, rumin, gruzin va ukrain tillarida tanishish mumkin.

Bunda tashqari, mavzuga doir barcha savol-javoblar PDF formatida jamlangan. Bu qulaylik ularni oson chop etish yoki oflayn rejimda o`qish imkonini beradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1