Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya bilan muloqotni davom ettirishini aytdi.
Fransiyaning BFMTV telekanali xabariga ko`ra, Elisey saroyidagi ziyofatda so`zlagan prezident Ukrainadagi qonli janglar mavzusiga izoh berdi.
“Ba`zi odamlar meni Moskva bilan muloqotim uchun tanqid qilishadi. Ammo shuni aytishim mumkinki, men Rossiya bilan muloqotni davom ettiraman”, — dedi Makron.
Shu bilan birga, u "imperialistik urush" ga qarshi ekanligini bildirgan.
“Agar biz imperialistik urushni e`tiborsiz qoldirsak, qanday qilib erkin va barqaror dunyo tartibini himoya qilamiz?” dedi siyosatchi va barcha mamlakatlarni mas`uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
Avvalroq Makron AQShga tashrifi yakunlari bo`yicha intervyusida, bo`lajak Evropa xavfsizlik arxitekturasi Rossiya uchun kafolatlar berishi kerakligini aytgan edi.
Shu bilan birga, Makron Ukraina mojarosini hal qilishning harbiy yo`llarini ko`rmayotganini ta`kidlab, bu vaziyatdan chiqishning yagona yo`li muzokaralar ekanini aytgan.
Makronning bu bayonoti Ukraina hukumati vakillari, shuningdek, Boltiqbo`yi mamlakatlari va boshqa Evropa davlatlarining keskin salbiy javoblariga sabab bo`ldi.






