1

2023 yil tarixdagi eng issiq yillardan biri bo`lishi mumkin

Dunyo 29.01.2023, 16:42
2023 yil tarixdagi eng issiq yillardan biri bo`lishi mumkin

Buyuk Britaniyaning Met Office ob-havo xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil yozi 2022 yilga qaraganda issiqroq bo`lishi taxmin qilinmoqda. Sayyoramizda issiqxona gazlari chiqindilari ko`tarilishda davom etar ekan, global o`rtacha harorat ham oshib boraveradi. Bu haqda Met Office bashorat qilmoqda.

Xabarda 2023 yilda Erning o`rtacha harorati 1900 yillargacha, ya`ni odamlar qazib olinadigan yoqilg`ilarni ko`proq yoqishni boshlagan vaqtga nisbatan 1,08 dan 1,32 darajagacha yuqori bo`lishi mumkinligi aytilgan.

Bir daraja vahimali ko`rinmasligi mumkin, ayniqsa hozirgi qattiq qish sharoitida. Ammo global miqyosdagi bunday o`zgarishlar allaqachon halokatli iqlim ta`sirini keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, bu butun sayyora uchun o`rtacha ko`rsatkich – ba`zi hududlar iqlim o`zgarishidan boshqalarga qaraganda ko`proq zarar ko`rdi.

“Bu yil biz juda ko`p odamlar hayoti, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat, energiya va suv xavfsizligi hamda infratuzilmasiga putur etkazgan bir nechta kuchli ob-havo ofatlariga duch keldik. Pokistonning uchdan bir qismi suv ostida qoldi, katta iqtisodiy yo`qotishlar va insonlar qurbon bo`ldi. Xitoy, Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerikada rekord darajadagi issiqlik to`lqinlari kuzatildi. Afrikada uzoq davom etayotgan qurg`oqchilik insonlar hayotiga tahdid solmoqda”,–deydi Jahon Meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1