AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik erkak boshqaruvidagi mashina “Gazel“ bilan to`qnashdi

'Rossiyada o`zbekistonlik erkak boshqaruvidagi mashina “Gazel“ bilan to`qnashdi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`zbekistonlik erkak boshqaruvidagi BMW mashinasi “Gazel” bilan to`qnashib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, BMWni o`zbekistonlik 28 yoshli erkak boshqargan. Voqea sodir bo`lgan vaqtda mashina ichida 33 yoshli ayol ham bo`lgan. U turli darajadagi jarohatlar bilan og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

O`zbekistonlik erkak esa hodisa joyida halok bo`lgan. "Gazel" haydovchisining ahvoli haqida hech qanday ma`lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar