AsosiyDunyo

Flybe aviakompaniyasi bankrot deb e`lon qilindi

'Flybe aviakompaniyasi bankrot deb e`lon qilindi'ning rasmi

Evropaning yirik hududiy avakompaniyalaridan sanalgan Flybe parvozlarni to`xtatgani haqida Twitter orqali rasman xabar berdi. Bayonotga ko`ra, kompaniya chiptalar sotishni va parvozlarni to`xtatgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Flybe — Buyuk Britaniya kompaniyasi, 321 xodimidan 277 nafarini bo`shatdi. Kompaniya faoliyatini to`xtatishidan 75 ming nafar yo`lovchi jabr ko`rdi. Britaniya fuqaro aviasiyasi boshqarmasi Flybe samolyotlariga chipta sotib olganlarni aeroportga bormaslik haqida ogohlantirdi.

Flybe birinchi marta Evropa Ittifoqi mamlakatlarida koronavirusga qarshi karantin joriy etilgan 2020 yil martida parvozlarni to`xtatgan edi. Amerikaning Cyrus Capital hedj fondi bilan bog`liq Thyme Opco kompaniyasi sotib olishi aviakompaniyani qutqargandi. O`shandan so`ng hozirgi bankrotlikka qadar kompaniya Flybe Limited nomi ostida parvozlarni amalga oshirib kelayotgandi.

    Boshqa yangiliklar