1

Rasman: Eldor Shomurodov “Spesiya” klubi futbolchisiga aylandi

Sport 30.01.2023, 16:22
Rasman: Eldor Shomurodov “Spesiya” klubi futbolchisiga aylandi

Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rasman “Spesiya” klubiga ko`chib o`tdi. Bu haqda “Spesiya” Matbuot xizmati xabar berdi.

Klub o`zbekistonlik hujumchining yarim mavsumlik ijarasi uchun “Roma”ga 1,5 mln evro pul to`laydi. Shomurodovning transferi uchun Italiyaning boshqa bir necha klublari – “Torino”, “Fiorentina”, “Kremoneze” kabi jamoalar ham kurashgandi.

Ma`lumot uchun, Eldor “Roma”dan tashqari Italiyaning “Jenoa” klubida ham to`p tepgan. Joriy mavsumda Shomurodov “Roma” safida 9 ta bahsda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg`ol qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1