AsosiyJinoyat
7586

Toshkentda 12 yoshli qizchaga zo`rlik qilib o`ldirgan shaxs qo`lga olindi (video)

'Toshkentda 12 yoshli qizchaga zo`rlik qilib o`ldirgan shaxs qo`lga  olindi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo`rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.

 Bosh prokuratura holat yuzasidan batafsil ma`lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi  shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ma`lumot o`rnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta`mirlash ishlarini amalga oshirgan.

"Mazkur ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma`lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi" deyiladi xabarda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar