Sirdaryoda haydovchilik guvohnomalarini 800 dollar evaziga olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 03.02.2023, 18:42
Sirdaryoda haydovchilik guvohnomalarini 800 dollar evaziga olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.  

Unda, fuqaro F.N. fuqarolar M.I. va S.A.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib birish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan U.Ya. fuqaro X.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o`tkaziladigan imtihondan o`tkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1