AsosiyJamiyat

Toshkentda "Gazel" yonib ketdi

'Toshkentda "Gazel" yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 4 yanvar kuni soat 07:32 da Uchtepa tumani “Katta Cho`ponota” MFY TXAY ko`chasi Bo`rijar kanali ustidagi ko`prikdan harakatlanib ketayotgan “Gazel” rusumli avtomobilda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 07:37 da etib borib, yong`in soat 07:43 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida avtomobilning mator va salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar