AsosiySiyosat

Yangi haftada Sloveniya tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga keladi

'Yangi haftada Sloveniya tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Joriy yilning 7-9 fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston Respublikasida tashrif bilan bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar berdi. 

Mazkur tashrif doirasida Sloveniya delegasiyasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar o`tkazadi hamda O`zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Sloveniya TIV rahbari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, professor-o`qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi.

Shuningdek, 9 fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyarto O`zbekistonga keladi.

Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv, shuningdek, mamlakatimizning boshqa vazirlik va idoralarida muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar