AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi qishloqda 3 ta uy portlagani aytildi

'Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi qishloqda 3 ta uy portlagani aytildi'ning rasmi

FVV ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon tumani Hakan qishlog`ida 3 ta uy portlabdi” degan gap rad etdi. 

Voqea joyida portlash ro`y bermagan, deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, 6 fevral kuni soat 14:26 da Andijon tumani, "Gumbaz" MFY, "Zilol" ko`chasida joylashgan xonadonning taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonayotganligi to`g`risida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yong`inga tuman FVB rahbar xodimlari hamda 2 ta YoQElari soat 14:32 da etib borib, yong`in soat 14:35 da qurshab olinib, 14:50 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayt etilmadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar