O`zbekiston Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi kuchli zilzilala qayta sodir bo`layotganligi sababli quydagilarga qat`iy rioya qilishga chaqirdi.
"Agar siz zilzila sodir bo`layotgan viloyatlarda bino ichida bo`lsangiz hujjatlar va zarur narsalarni olib, binodan tezda chiqing. Xonadan chiqayotganda liftda emas, zinapoyalardan foydalaning.
Ko`chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o`ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling" deyiladi eslatmada.
Ma`lumot o`rnida:
O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda O`zbekiston Respublikasining Anqaradagi Elchixonasi Tel.: +905380358534
O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasiga Tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39 murojaat qilishlari mumkin.






