Bugun, 7 fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” MFY Navbahor ko`chasi raqamsiz yashash uyida, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta`minoti” hodimlari chiqishgan.
07.02.2023 09:59
Namangandagi xonadonda gaz portladi, 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan
