1

Turkiyaning universitetlari va maktablarida ta`til e`lon qilindi

Dunyo 07.02.2023, 10:18
Turkiyaning universitetlari va maktablarida ta`til e`lon qilindi

Turkiyada kecha sodir etilgan zilzilalar qurbonlari soni 2379 nafarga etdi. 7840 kishi vayronalar ostidan qutqarib qolindi. Bu haqda Turkiya vise-prezidenti Fuat Oqtoy ma`lum qildi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an 12 fevral, yakshanba kuni butun mamlakat bo`ylab va xorijiy davlatlar vakolatxonalarida milliy bayroqlar yarmiga tushirilishi haqida farmoyish e`lon qildi.  

Xabarlarda aytilishicha, zilzila oqibatida zarar ko`rgan hududlarda oliy o`quv yurtlarida o`quv jarayonlari to`xtatiladi.  

Shuningdek, mamlakatdagi barcha umumta`lim maktablarida 13 fevralgacha ta`til berildi.  

Oqtoyning ta`kidlashicha, universitetlar va maktablarda bo`shagan binolar jarbdiydalar uchun boshpana sifatida qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1