Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko`magi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli o`tkazildi.
«Hozirda barcha o`zbekistonlik sportchilarning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo`l olishadi va u erdan Toshkentga qaytib kelishadi. Xabar berganimizdek, kecha O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliev sportchilarni O`zbekistonga olib kelish uchun Istanbulga jo`nab ketgan edi. Bugun u delegasiyaga qo`shilib, sportchi va murabbiylarning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi», — deyiladi xabarda.