1

Chirchiqda xonadonga "musofir” bo`lib kirganlar bosqinchi bo`lib chiqdi

Jinoyat 07.02.2023, 14:43
Chirchiqda xonadonga "musofir” bo`lib kirganlar bosqinchi bo`lib chiqdi

2023 yil 31 yanvar kuni soat 20:30 larda 3 nafar noma`lum shaxslar oldindan jinoiy til biriktirgan holda bir guruh bo`lib, o`zganing mol-mulkini bosqinchilik yo`li bilan talon-toroj qilishni maqsad qilishadi. Ular Chirchiq shahar 3-kichik nohiyada joylashgan dehqon bozori yonidagi do`konda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirgan 49 yoshli T.A.ning oldiga kelishib, o`zlarini go`yoki musofir sifatida tanishtirib, egulik uchun biror-bir narsa berishini iltimos qilishgan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

 T.A. ularni o`zining yashash xonadoniga olib borib, ular bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirishgan vaqtida 2 ta noma`lum shaxslar xonadondagi yog`ochdan bo`lgan javon ustida turgan metall bolg`a bilan unga hujum qilib, qimmatli narsalari va pullarini berishini talab qiladi.  T.A.ni o`ldirish bilan qo`rqitib, uni bolg`a bilan urib, keyin tanasining turli joylariga tepib jarohat etkazishadi va xonadondan 8.310.000 so`mlik maishiy texnika va 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, hodisa bo`lgan joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli S.M., A.A. va 22 yoshli X.A.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan “Samsung” rusumli televizor ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan S.M., A.A. va X.A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchilar prosessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1