Muhokamalar portaliga joylashtirilgan Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta`minlash maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
- ️2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;
- ️vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma`lumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga o`tkazish.
Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma`lumotnomalar:
- Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023 yil 1 iyuldan;
- Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023 yil 1 oktyabrdan;
- respublikaning boshqa hududlarida – 2024 yil 1 yanvardan elektron shaklga o`tkaziladi.
Shunga ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy ma`lumotnomalarni qog`oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
2023 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlari joriy etiladi.
Aholi orasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “To`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzi” umummilliy harakati yo`lga qo`yiladi.
Harakat doirasida aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida o`z sog`lig`i va ovqatlanishini nazorat qilishni o`rgatish, to`g`ri ovqatlanish bo`yicha mobil ilova yaratish nazarda tutilgan.
Ushbu havola orqali muhokamalarda ishtirok etishingiz mumkin: https://regulation