O`zbekistonda IMEI-kodlarni klonlashtirish uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, so`nggi vaqtlarda fuqarolarning uyali telefon apparati yo`qolganligi haqidagi xabarlari ko`paygan. Biroq jinoyatchilar endilikda klonlangan IMEI-kodlarini yaratmoqda. Bunday klonlangan IMEI-kodlarini esa avtomatik aniqlash va blokirovka qilishning texnik tartibi joriy etilmagan.
Klonlash quyidagicha amalga oshiriladi: maxsus dasturiy ta`minot vositasidan foydalangan holda IMEI-kodi bitta mobil qurilmadan bir yoki bir nechta mobil qurilmalarga uzatiladi va natijada tarmoqda bir xil IMEI-kodi bo`lgan bir nechta mobil qurilmalar paydo bo`ladi.
"Bu o`z navbatida o`g`irlangan uyali telefonlarni izlab topishni qiyinlashtirib, noqonuniy olib kirilgan mobil qurilmalarni respublika hududida ro`yxatdan o`tkazish imkonini beradi", — deyiladi xabarda.
Bugungi kunda mobil qurilmaning xalqaro identifikasiya kodini noqonuniy ravishda o`zgartirganlik uchun ma`muriy yoki jinoiy javobgarlik mavjud emas. Ammo bu kabi kazusli holatni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli normalariga o`zgartirish kiritish to`g`risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.