1

Turkiyada zilzila qurbonlari soni to`rt yarim mingdan oshdi

Dunyo 07.02.2023, 23:29
Turkiyada zilzila qurbonlari soni to`rt yarim mingdan oshdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 4 544 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 26 725 nafarga etdi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining zilzilalar va xavflarni yumshatish departamenti bosh direktori Orxan Tatar so`zlariga tayanib CNN xabar berdi.

“So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 4 544 kishi halok bo`lgan, 26 725 kishi jarohatlangan”, — dedi rasmiy jurnalistlarga.

Ma`lum qilinishicha, zilzila zonasiga 54 ming chodir, 102 ming karavot, eng zarur buyumlar yuborilgan. Besh ming tibbiyot xodimi o`nta viloyat aholisiga yordam bermoqda.

Mamlakat Prezidenti Erdo`g`onning so`zlariga ko`ra, tabiiy ofat hududida hozirda 53 317 nafar qutqaruvchi ishlamoqda. Ularning soni Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan jamoalar hisobiga ortib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1