Insult alomatlarini aniqlaydigan ilova yaratildi

Salomatlik 08.02.2023, 09:51
Insult alomatlarini aniqlaydigan ilova yaratildi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari insult alomatlarini nevrolog darajasida aniqlaydigan smartfon ilovasini yaratdilar. Ilk natijalar Dallasdagi xalqaro konferensiyada taqdim etildi.

Agar insultning ilk alomati yuzaga chiqqanidan 90 daqiqa ichida chora ko`rilmasa, nogironlik asorati xavfi oshadi. FAST.AI ilovasi insultning keng tarqalgan alomatlarini sezishga qodir.

Ilova yuzdagi 68 nuqtani baholash uchun bemor yuzi videoyozuvidan foydalanadi. Smartfon datchiklari qo`l harakatlarini, mikrofon esa nutq o`zgarishini nazorat qiladi. Ma`lumotlar sun`iy intellekt algoritmlari orqali tahlil etiladi.

FAST.AI Bolgariyada o`tkir insultni boshdan kechirgan 270 nafar bemorda 72 soat davomida sinab ko`rildi. Aniqlilik deyarli 100 foizni tashkil qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1