AsosiyDunyo

Turkiyadagi zilziladi bedarak yo`qolgan fuqaromiz vayronalar ostidan olib chiqildi

'Turkiyadagi zilziladi bedarak yo`qolgan fuqaromiz vayronalar ostidan olib chiqildi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi xushxabarni e`lon qildi. 

Unda aytilishicha, Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida bedarak yo`qolgan fuqaromiz Boybekov Rashid Anvar o`g`li topilibdi. Qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan vatandoshimiz hozirda  “Şütçü İmam Üniversitesi Tıp Fakültesi”  shifoxonasiga joylashtirilgan va ilk yordam ko`rsatilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiya Respublikasiga etib borishlari bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.

Bugun, 8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar