AsosiyJamiyat

Prezident poytaxtdagi "Aysel Energy" MChJ faoliyati bilan tanishdi

'Prezident poytaxtdagi "Aysel Energy" MChJ faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev poytaxtdagi "Aysel Energy" mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Ma`lumki, bu yilgi qish ancha sovuq bo`lgani elektr energiyasi tizimidagi muammolarni yaqqol yuzaga chiqardi. Xususan, ayrim eski transformatorlar yuklanishni ko`tara olmay, elektr ta`minotida uzilishlar kuzatildi.

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilariga elektr tarmoqlarini yangilash, zarur jihozlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Bu tashrif o`sha vazifalar ijrosi, kelgusida energetik muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlarning bir qismi.

"Aysel Energy" yiliga 10 ming dona yirik elektr uskunalari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Turkiya texnologiyasi o`rnatilgan korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga etgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va o`rnatish xarajati kam. Bu eskirgan transformatorlarni nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada yangilash imkonini beradi.

Mutasaddilar bu yil mamlakatimizda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat borligi haqida axborot berdi. Davlatimiz rahbari import tahlilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy mahsulotlarga buyurtmalarni ko`paytirish muhimligini ta`kidladi.

Umuman, energetika sohasidagi bunday ishlar elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirishda muhim omil bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar