AsosiyJamiyat

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o`rnatish mumkin

'Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o`rnatish mumkin'ning rasmi

Ayni paytda Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig`ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta`kidlanib, energetika masalalarini to`liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.

Avvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur.

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o`rnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan ko`p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob`ektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.

Bu choralar ko`rilsa, hisob-kitoblarga ko`ra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig`i bilan, ya`ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta`minlash imkoniyati paydo bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar