Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta`kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, panel o`rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa iste`molchilarga ham sotishi mumkin bo`ladi.
Aholi o`z xonadonida panel o`rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming so`mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so`m).
Har oyda hisob-kitob qilib, mablag`lar xonadon egasining plastik kartasiga o`tkazib beriladi.
08.02.2023 18:09
Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi






