AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar 14 ta yirik savdo kompleksi va 12 mingta savdo-servis ob`ektlari tashkil etilishi kerak

'Yil yakuniga qadar 14 ta yirik savdo kompleksi va 12 mingta savdo-servis ob`ektlari tashkil etilishi kerak'ning rasmi

Yig`ilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini ta`minlash masalalari muhokama qilindi.

Yangi ish o`rinlarini yaratish bo`yicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qo`llab-quvvatlash lozimligi ta`kidlandi.

Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so`m kredit yo`naltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard so`m imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:

- 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis ob`ektlari tashkil etishni ta`minlash;

- 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis ob`ektlarini ishga tushirishga ko`maklashish topshirildi.
 

    Boshqa yangiliklar