Respublika bo`ylab yog`adigan yomg`ir ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin

Jamiyat 09.02.2023, 08:10
Respublika bo`ylab yog`adigan yomg`ir ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7° iliq bo`ladi, kechga tomon 0-2° iliqgacha pasayadi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1