1

Termiz shahrida bo`lgan yong`in yuzasidan ma`lumot berildi

Jamiyat 09.02.2023, 08:30
Termiz shahrida bo`lgan yong`in yuzasidan ma`lumot berildi

O`zbekiston va Afg`onistan davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo`lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hashorotlar ko`payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun  rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas`ul organlarning o`zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong`in harakatlari va ko`lami to`liq nazoratga olingan.

Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma`lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o`rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg`on axborotlarni tarqatmaslikni so`raymiz, deb yozmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1