AsosiyDunyo

Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 15,3 mingdan oshib ketdi

'Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 15,3 mingdan oshib ketdi'ning rasmi

Turkiya va Suriyadagi zilzila hozirgacha 15,3 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo`ldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Rasmiylarga ko`ra, Turkiya va Suriyada sodir bo`lgan halokatli zilzila qurbonlari soni kamida 15 383 kishiga etgan. Ulardan 12 391 nafari Turkiyada qurbon bo`lgan.

Turkiyada 6 fevraldan beri zilzilalar kuzatilmoqda. Voqea Suriya va boshqa mamlakatlarga ham ta`sir qildi. Turkiyada 5000 dan ortiq bino vayron bo`ldi, o`n minglab odamlar jarohat oldi. Hozirga qadar dunyoning ko`plab mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari zilzila hududlariga qutqaruvchilar va shifokorlarni yubordi.

 

    Boshqa yangiliklar